Xitoy, Keniya va Eron… Bu mamlakatlar Oʻzbekistonga nimaning importida kuchli uchlikni tashkil etadi?

10:06 06 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
298 0

Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 28,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 19,9 ming tonna choy import qilgan.

Oʻzbekiston 7 oyda eng koʻp choy import qilgan davlat sifatida Xitoy koʻrsatilgan boʻlib, Oʻzbekistonga bu davlatdan 16,5 ming tonna choy mahsuloti kirib kelgan.

Ikkinchi oʻrinda Afrika qitʼasi vakili Keniya joy olgan boʻlib, 800 tonna choy import qilingan. Eron ham eksportyor mamlakat sifatida 700 tonna choy eksport qilgan.

Keyingi oʻrinlarda Hindiston (0,6 ming tonna) va Rossiya (0,4 ming tonna) oʻrin olgan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, eng yirik choy eksport qiluvchi davlatlar qatoriga Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka va Keniya kiradi. Xitoy dunyodagi choyning 20% dan ortigʻini yetkazib beruvchi eng yirik eksportchi sifatida yetakchilik qiladi, Keniya esa yuqori sifatli qora choy eksporti bilan mashhur.

Import qiluvchi eng katta mamlakatlar sifatida esa Pokiston, AQSH va Rossiyani qayd etish mumkin. Yevropa Ittifoqi ham choy importida muhim rol oʻynaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер