Xitoy bosma nashrlari Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonini keng yoritmoqda
Xitoyning “Silk Road Review”, “Pseacher” va “Kitay” jurnallarida Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Muzaffar Komilov.
Nashrlarda qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy islohotlar 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va chinakam xalqparvar davlatni barpo etishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda mustahkam poydevor boʻlishga xizmat qiladi.
Xitoy OAV eʼlon qilgan materiallarda Asosiy qonunni Oʻzbekiston jamiyatining zamonaviy voqeliklari bilan uygʻunlashtirish, mamlakatni ochiq va jadal rivojlanayotgan davlatga aylantirgan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati Oʻzbekiston uchun ustuvor vazifa ekanligi qayd etilgan.
Maqolalarda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari chuqur tahlil qilingan. “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” gʻoyasi oʻz ifodasini topgan ijtimoiy sohani rivojlantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, davlatning bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilanagn taʼkidlangan.
“Islohotlar jarayonining muhim yoʻnalishi erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bogʻliq. Tashkiliy jihatdan bu oʻzbek xalqiga ezgu milliy anʼanalar, maʼnaviyatni asrab-avaylash, yosh avlodni asrlar davomida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, insonparvarlik va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash imkonini beruvchi mahalla institutini mustahkamlashga asoslanadi”, deb yozadi Xitoy jurnallari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring