Xitoy banklari xodimlarni sunʼiy intellektga alishtirishni boshladi
Xitoy banklari HR xodimlari xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida ularni sunʼiy intellektga alishtirmoqda. Bu haqda “South China Morning Post” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xitoy banklari tobora koʻproq xodimlarni tanlash xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida suhbatlar oʻtkazish uchun sunʼiy intellektga asoslangan vositalarni joriy etmoqda.
“Bank of China” va “Industrial and Commercial Bank of China” kabi davlat banklari, shuningdek, “Hangzhou Bank” va “Shanghai Bank” singari mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar allaqachon bunday usulga oʻtib boʻlgan.
Sunʼiy intellekt intervyular olib, kuniga 2,5 mingtagacha suhbat oʻtkazmoqda. Sunʼiy intellektdan foydalangan holda suhbatlar yozma imtihondan keyin va shaxsiy suhbatdan oldin oʻtkaziladi.
Talabgorlar sunʼiy intellekt suhbatchisi bilan muloqotdan oldin maxsus dasturiy taʼminotni yuklab olishlari, shuningdek, kamera va mikrofonning ishlashini tekshirib koʻrishlari zarur.
Bunday suhbatlardan ishtirok etgan nomzodlardan birining aytishicha, suhbat oʻtkazuvchi tarafkashlikdan xoli boʻlib, nomzodga hech qanday bosim oʻtkazmaydi.
Bunga qaramasdan, suhbatlashganlardan boshqa biri ushbu vositada insonlar bilan muloqot qilish uchun zarur boʻlgan noziklik yetishmasligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring