Xatirchida maktab direktori pora bilan qoʻlga olindi.
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi Online”. Temur Eshboyev/Navoiy. Xatirchidagi maktablardan birining direktori pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
Fuqaro S. R. Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oltinsoy MFYdagi Achchi qishlogʻidagi 79-maktabda ancha vaqtdan buyon psixologiya fani oʻqituvchisi sifatida ishlab kelardi.
Mazkur maktabning direktori P.Sh. soʻnggi paytlarda unga maʼlumoti psixologiya mutaxassisligiga toʻgʻri kelmasligini roʻkach qilib, ishdan boʻshatmaslik evaziga 200 AQSH dollari talab qiladi.
Fuqaro S.R.ning arizasi asosida Departamentning tuman boʻlimi, DXX hamda tuman IIB JQB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda maktab direktori P.Sh. psixolog S.R.dan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollarini pora tariqasida olayotganida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring