“Xanchjou-2022”: Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʻzolari Ulugʻbek Rashidov oltin, Feruza Sodiqova esa kumush medalni qoʻlga kiritdi
Foto: Xalq soʻzi/Xasan PAYDOYEV
Xanchjouda boʻlib oʻtayotgan XIX Osiyo oʻyinlarining toʻrtinchi kunida ham Oʻzbekiston sportchilari omadli yurishlarini davom ettirmoqda.
Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʻlumotiga koʻra, bugun taekvondo boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan “Tokio-2022” yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ulugʻbek Rashidov Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.
Sportchimiz hal qiluvchi final bahsida Iordaniya vakili Abdulkarim Zaid ustidan 2:0 hisobida ishonchli tarzda gʻalabaga erishdi. Ulugʻbek finalga qadar gongkonglik Vay Fung Loni, Xitoy Taypeyi vakili Juy Yi Chuyni, Janubiy Koreyadan kelgan taekvondochi Xoyun Jinni magʻlub etdi.
Taekvondo bahslaridan yana bir xushxabar. Yurtdoshimiz Feruza Sodiqova -67 kg vazn toifasidagi bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritdi. U finalda xitoylik Ji Song bilan jang qildi. Mazkur bahsda mezbon mamlakat vakilining qoʻli baland keldi. Shu tariqa, Feruza musobaqani ikkinchi oʻrin bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring