Xanchjou — 2022: Badiiy gimnastikachilarimiz jamoaviy yoʻnalishda oltin medalga sazovor boʻlishdi
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Bugundan bellashuvlarga kirishgan badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari yakkalik dasturida saralash va jamoaviy yoʻnalish boʻyicha final bahslarini oʻtkazishdi.
Taxmina Ikromova, Vilana Savadyan hamda Evelina Atalyansdan iborat jamoamiz 324.8 ball jamgʻarishga erishdi.
Quvonarlisi, ushbu natijani hech bir jamoa takrorlay olmadi va hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda oltin medalni qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, bugungi chiqishlari orqali Taxmina Ikromova hamda Evelina Atalyans yakkalik yoʻnalishida koʻpkurash dasturida medallar uchun kurashish imkonini saqlab qolishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring