Xanchjou-2022: Akbar Joʻrayev kumush, Ruslan Nurudinov bronza medaliga sazovor boʻldi

13:44 06 Oktyabr 2023 Sport
689 0

Foto: “Xalq soʻzi”/ Hasan PAYDOYEV

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʻzolari Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov Osiyo oʻyinlarining sovrindoriga aylanishdi. -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Joʻrayev 417 (189+228) kg bilan kumush, Ruslan Nurudinov esa 391 (175+216) kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Mazkur yoʻnalishda gʻoliblik siltab koʻtarish va ikki kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatgan xitoylik sportchiga nasib etdi. Huanhua Liu 418 (185+233) kg natija koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер