Xalqaro turizmni yanada rivojlantirish yo‘lida

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” turistik kompaniyasi bilan hamkorlikda turizmni rivojlantirish loyihasi doirasida, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi gidlar uchun trening tashkil qilindi.
“Toshkent—Xo‘jakent—Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan maxsus vagonlardan iborat poyezdda o‘tkazilgan mazkur treningda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlaridan jami 30 nafarga yaqin gidlar ishtirok etdi.
— Xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yo‘lovchi vagonlaridan tashkil topgan Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” hamda Angliya “Golden Eagle Luxury Trains” turistik kompaniyalari bilan hamkorlikda har yili 12 marotaba, Orient Silk Road Express” brendi asosida turistik charter poyezdlarimiz harakati tashkil qilinmoqda deydi, — “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktori o‘rinbosari Fozil Sharipov. — Ushbu poyezdlarimiz, xususan:
—“Olmaota-Bishkek-Toshkent-Qo‘qon-Qamashi-Kitob-Samarqand-Xo‘jand-Xiva-Buxoro-Toshkent”;
— Olmaota-Bishkek-Tashkent-Xiva-Ashxobod-Buxoro-Kitob (Shaxrisabz) Dushanbe-Samarqand-Qo‘qon-Marg‘ilan-Andijan-Osh-Andijan-Tashkent;
Tashkent-Buxoro-Xiva-Samarqand-Kitob-Toshkent-Turkiston-Bishkek-Olmaota yo‘nalishlarida qatnovini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu poyezdlar orqali, sayyohlik mavsumida dunyoning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan 1 yarim ming nafarga yaqin sayyohga xizmat ko‘rsatiladi.
Albatta, sayyohlikni rivojlantirish, sayyohlarning e’tiborini qozonish, turistlarda sayohat davomida katta qiziqish uyg‘otib, katta taassurot qoldirishda gidlarning o‘rni ham juda katta.
Noan’anaviy tarzda, ya’ni poyezd vagonlarida o‘tkazilgan ushbu treningda Germaniyalik mutaxassislar bunga alohida to‘xtalib, sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda gidlar ko‘proq e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ma’lumotlar berdilar.
Qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda o‘tgan mazkur tadbir gidlarning o‘zaro tajriba almashishiga ham zamin yaratdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring