Xalqaro tajriba almashinuvi
Joriy yilning avgust oyida “Oʻzbekgidroenergo” AJ va jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri — AQSHning Jon Xopkins universiteti oʻrtasida hamkorlikka oid memorandum imzolangan edi. Yevropa tadqiqot instituti modeliga asoslangan birinchi AQSH universiteti sifatida tanilgan mazkur taʼlim dargohi doimiy ravishda dunyodagi eng nufuzli ilmiy markazlari qatorida qayd etilmoqda.
Imzolangan memorandum energetikada barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, ESG tamoyillari (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) asosida faoliyat yuritish hamda ilgʻor xalqaro tajriba almashinuviga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida xalqaro treninglar va oʻquv kurslari — barqaror rivojlanish, ESG standartlari, moliyaviy va nomoliyaviy hisobotlar, korporativ boshqaruv sohalarida bilim hamda koʻnikmalarni oshirish, qoʻshma tadqiqot loyihalari — gidroenergetika va “yashil” texnologiyalarga oid innovatsion yechimlar ishlab chiqish kabi muhim tashabbuslar amalga oshirilayotir.
Mazkur memorandum ijrosi “Oʻzbekgidroenergo” AJning xalqaro imijini mustahkamlash, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va ekologik jihatdan barqaror gidroenergetika tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring