Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivalidan fotoreportaj

17:46 17 Aprel 2023 Jamiyat
2833 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

“Tasviriy va amaliy san'at festivali”ning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida tarixiy liboslarning moda namoyishlari va tajribali rassomlar, balki havaskor, ijodini endi boshlagan yoshlarni ham ijodiy ishlari taqdim etildi. 

Eslatib o'tamiz, festival 17-apreldan 21-aprelgacha davom etadi.
Ixlosmandlar besh kun davomida yurtimiz hamda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ijod ustalarining benazir san’at namunalaridan bahra olib, ijodiy muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Festival doirasida Toshkent shahri, viloyat markazlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘rgazma zallarida ishtirokchilarning saralangan asarlari asosida ko‘rgazmalar, Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh ijodkorlarning ijodiy loyihalari namoyish etila boshlandi. Tadbir dasturida tarixiy liboslarning moda namoyishlari, arxitektura, dizayn, kino, miniatyura, kalligrafiya yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy namunalar taqdim etiladi.

                                                                

 

 

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер