Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Adliya vazirligida ushbu guvohnomani tantanali topshirish tadbirida AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi P. Spratlen ishtirok etdi.
Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlum qildi.
Maʼlumki, Prezidentimiz AQSHga rasmiy tashrifi chogʻida oʻtkazilgan muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi. Shu bilan birga, kelgusida ikki davlatlar oʻrtasida taʼlim sohasida ham oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlarining Oʻzbekistonda vakolatxonasi ochilishi ijobiy qabul qilingandi. Oʻz navbatida, mazkur masala boʻyicha AQSH prezidenti D. Tramp ushbu dasturni amalga oshirishda yaqindan amaliy yordam berishini bildirgan.
Ustavga muvofiq, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat boʻladi:
- AQSH fuqarolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni va yakdillikni mustahkamlash;
- talabalar, magistrantlar va oʻqituvchilar uchun xalqaro taʼlim almashinuvlari va amaliyotlarini tashkil etish;
- Amerika taʼlimi dasturlari boʻyicha tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalarga bevosita aloqador boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda universitetlarning oʻzaro hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.
Tadbirda qatnashgan vakolatxonaning ishonchli vakillari tomonidan kelgusida vakolatxonaning faoliyati ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishi hamda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida taʼlim sohasida samarali huquqiy asos yaratishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring