Xalqaro kuzatuvchilar Qashqadaryoda
Jahongir BOYMURODOV/«Xalq soʻzi». Saylovlarda uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi vakillari – Diletta Berardinelli (Italiya) hamda Vladimir Agronomov (Rossiya) Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida boʻlib, komissiya faoliyati bilan tanishdi.
Viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Oʻral Ostanov mehmonlarga Qashqadaryo viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumot berdi.
Komissiya aʼzolari bilan samimiy suhbatlashgan mehmonlar bu yerdagi muloqot ularda ijobiy taassurot qoldirganini alohida qayd etishdi.
– Qashqadaryo viloyatidagi missiyamiz 30-oktyabrga qadar davom etadi, – deydi Diletta Berardinelli. – Bu yerdagi saylovga tayyorgarlik ishlari, saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, 27-oktyabr sanasida boʻladigan saylov jarayonlarini bevosita kuzatib borishni rejalashtirganmiz.








Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring