Xalqaro gullar festivali doirasida moda va san’at haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: «Xalq so‘zi»
Avval xabar berganimizdek, Namanganda 62-Xalqaro gullar festivali davom etmoqda. Uchinchi kun yakuni bilan anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar soni bir millionga yetdi. Nafosat bayrami dovrug‘ini eshitib bu yerga oshiqayotgan oshuftalar orasida olis va yaqin xorijdan kelayotgan sayyohlar soni ham ortib bormoqda. Zero, bir oyga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlarning bari o‘z yo‘nalishi va mazmuni bilan kishini jalb etadi. Kecha oqshom Davlatobod tumanidagi “Afsonalar bog‘i” tematik parkida festivalning yana bir nafis tadbiri - Fashion festival& talants moda va san’at haftaligiga start berildi.

Bir hafta davom etadigan haftalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar ham betakror kolleksiyalari bilan ishtirok etmoqdalar. Respublikamiz hududlaridan esa 40 nafar dizayner o‘z ijod namunalarini namoyish qiladi.
Aytish lozimki, haftalikka mo‘ljallangan modalar namoyishiga mahalliy dizaynerlarimiz USAID loyihasi ko‘magida to‘rt oy tayyorgarlik ko‘rdilar. Bu jarayonlarda yangi-yangi iqtidorlar kashf etildi. Ayni tadbir moda ijodkorlarining xalqaro podiumlarni zabt etishlarida tramplin vazifasini bajarib beradi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring