Xalqaro baholash tizimi taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqadi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyatidagi bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xalqaro MELQO baholash tizimi tajriba-sinovdan oʻtkazildi. U dastlab 8 ta, keyin esa 18 ta muassasada joriy etildi. Asosiy maqsad bolajonlarning maktabga tayyorgarligini yuqori darajaga olib chiqishdir.
— Ikki moduldan iborat bu tizim negizida bolalar va ota-onalar hamda pedagoglar bilan yaqin muloqot orqali kelajagimiz egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarga sifatli taʼlim berish vazifasi yotadi, — deydi Shofirkon tumanidagi 5-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Gulandom Xudoyberdiyeva. — Shaxsan men shu tizim asosida ishlab kasbiy malakamni oshirishga erishdim. Guruhimdagi bolalarda toʻgʻri sanash, oʻz fikrini erkin bayon etish koʻnikmalari hosil boʻldi. Mashgʻulotlar bilan cheklanib qolmay, ular bilan yuzma-yuz muloqotga kirishdim. Bolajonlarga erkinlik berildi. Shu orqali ularning oʻz qiziqishidan kelib chiqqan holda turli oʻyinlar oʻynashiga imkon yaratildi. Natijada bolalar meni yaqin kishisi, doʻsti oʻrnida koʻrib, savollar beradigan, u yoki bu masalada fikrlarini bayon etadigan boʻlishdi.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, MELQO xalqaro taʼlim tizimidan butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish hamda taʼlim sifatini aniqlash maqsadida foydalaniladi. U yurtimiz shart-sharoiti va milliy oʻquv standartlariga moslashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring