Xalq va armiya — bir tanu bir jon
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi tegishli farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyatida ham Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya — bir tanu bir jon!” tamoyilini oʻzida mujassam etgan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Nishon tumanining Nuriston qoʻrgʻonchasida joylashgan harbiy qismda boʻlib oʻtdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tarzida tashkil etilgan tadbirga 600 dan oshiq yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari, faxriylar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab harbiy qismda vatan posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, askarlar hayoti, mamlakatimiz Quroli Kuchlarining jangovar qudratini namoyon etuvchi harbiy texnika va qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar, orkestr sadolari ostidagi harbiy marshlar, ayniqsa, harbiy xizmatchilar tomonidan turli jang qurollari, harbiy texnikalar yordamida ijro etilgan koʻrgazmali chiqishlar ishtirokchilarda yanada katta taassurot qoldirdi.
Shu kuni sportsevar yoshlar ishtirokida sportning koʻplab turlari boʻyicha Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligining sovrini uchun “Qoʻmondon kubogi” musobaqalari ham tashkil etildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar soʻngida gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyatida harbiy vatanparvarlik ruhidagi bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring