Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahridagi 12-saylov uchastkasida ovoz berdi

12:39 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
466 0

Foto: Халқ сўзи

- Bugun xizmat safari bilan Samarqandda boʻlib turibman. Bu yerdagi maktablar faoliyati bilan tanishmoqdaman. Shu bois Samarqand shahridagi yangi qurilib foydalanishga topshirilgan 81-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ovoz berishga qaror qildim. Shu bahona yangi maktab faoliyati bilan ham tanishaman.

Bugun ushbu saylov uchastkasida Bahodir Yalangtoʻsh nomidagi hamda “Shodiyona” mahallalari fuqarolari ovoz bermoqda.

Bahodir Yalangtoʻsh nomidagi mahalla raisi Akbar Nurmurodovning aytishicha, ushbu mahallada 300 nafardan ortiq pedagog istiqomat qiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?