Xalq taʼlimi tizimida oʻtkazilayotgan tanlovda munosib nomzodlar boʻlim mudirligiga tayinlandi

18:34 17 Dekabr 2022 Jamiyat
654 0

Foto: Illustrativ surat

Xalq taʼlimi tizimida vakant lavozimlar tanlovining natijalari hamda kelgusi haftada navbatdagi nomzodlar uchun suhbat jarayonlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur haftada markaziy apparatining 1 ta boshqarma boshligʻi lavozimiga hujjat topshirgan nomzodlarning malaka talabi oʻrganilib, test sinovidan oʻtkazilib hamda 7 ta bosh va 2 ta yetakchi mutaxassisi va 6 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlariga testdan ijobiy natija olgan nomzodlar bilan ularning malakasi va kasbiy koʻnikmasi vakant lavozimlarga mosligini aniqlash maqsadida suhbat oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, vazirlik markaziy apparatiga 1 ta yetakchi mutaxassis, 1 ta hududiy xalq taʼlimi boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari hamda 1 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlariga munosib nomzodlar tayinlandi.

Kelgusi haftada Tanlov komissiyasi tomonidan vazirlik markaziy apparatida 1 ta boshqarma boshligʻi, 2 ta bosh va 1 ta yetakchi mutaxassis hamda 2 ta boshqarma boshligʻi birinchi oʻrinbosari, 2 ta boshqarma boshligʻi oʻrinbosari va 11 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlariga nomzodlar uchun suhbat jarayonlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?