“Xalq soʻzi” axborotiga Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Onlayn nashrimizda Qashqadaryoda toʻyda odamlarning ommaviy zaharlanishi boʻyicha “Raqamlarni yashirishdan nima naf? Qashqadaryodagi toʻyda aslida necha kishi zaharlangan edi?” sarlavhali xabar chop etgan edik.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu xabarga rasmiy munosabatini bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Respublika bosh Davlat sanitar vrachi Saidmurod Saidgʻaniyevich Saidaliyevning maʼlum qilishicha, 28 sentyabr kuni soat 20:00dan 29 sentyabr kuni soat 19:30 gacha 40 nafar, 29 sentyabr soat 20:00dan 30 sentyabr soat 13:00gacha yana 28 nafar, 30 sentyabr soat 13:00 dan keyin yana 22 nafar, jami 90 nafar fuqaro Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga sogʻligʻidan shikoyat qilib murojaat qilgan.
Olib borilgan tekshirishlar natijasida ularning ovqatdan zaharlangani aniqlanib, murojaat qilganlarga “Oʻtkir gastroenterit” tashxisi qoʻyilgan. Ular joriy yilning 27 sentyabr kuni Qarshi shahridagi “Baxtli oila” toʻyxonasida toʻy marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralash isteʼmol qilishi tufayli sogʻligʻida ana shunday muammolarga duch kelgan.
Shundan soʻng Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus shtab tashkil etilgan. Ayni paytda Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining malakali mutaxassislari ushbu shtabga jalb etilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar belgilab olindi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida barcha zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.
Respublika bosh davlat sanitar vrachi Saidmurod Saidaliyevning aytishicha, bugun, 2 oktyab soat 12:00gacha toʻyda ovqatdan zaharlangan, kasalxonada boʻlib turgan 90 nafar fuqarodan 48 nafariga uyiga javob berilgan. Ayni paytda yana ulardan 42 nafari kasalxonada davolanmoqda. Ularning ham ahvoli qoniqarli, tez orada uyiga javob beriladi.
Toʻyda qatnashgan fuqarolarni uylariga borib, patronaj oʻtkazish uchun oilaviy poliklinikalardan 108 nafar va shahar DSENMdan 40 nafar mutaxassis jalb etildi. Natijada toʻyda qatnashganlar orasida kasallik belgilari boʻlgan fuqarolardan 67 nafari faol aniqlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bemorlarni davolash va ovqatdan zaharlanish holatlari profilaktikasi yuzasidan tadbirlar davom etmoqda.
Tekshirishlar yakuni boʻyicha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring