Xalq orasiga kirayotgan xalq vakillari
Mamlakatimizda mahalliy Kengashlarning hududlarni rivojlantirish, mahalliy byudjetni shakllantirish, oʻzgartirishlar kiritish, uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolarini hal qilish, hududiy davlat organlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlari uchun katta imkoniyatlar yaratilib, ularning qonuniy asoslari vujudga keldi.
Jumladan, 2024-yilning oktyabr oyidan boshlab oʻtgan bir yil davomida mahalliy Kengashlar faoliyatiga koʻmaklashish va ish jarayonini toʻgʻri tashkil qilish maqsadida 20 ga yaqin namunaviy hujjatlar ishlab chiqildi hamda Kengashlarga foydalanishlari uchun yuborildi.
Bu saʼy-harakatlar natijasida deputatlarimiz faoliyatida ham jonlanish koʻzga tashlanmoqda. Joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida 58 marotaba davlat tashkilotlari hamda aholi bilan uchrashuvlar va seminarlar tashkillashtirildi. Jami 283 marotaba aholi bilan ommaviy qabullar hamda uchrashuvlar oʻtkazildi. Qabullar davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan 126 ta murojaatlarning 31 tasi joyida ijobiy hal qilindi qolgan 95 tasi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputat soʻrovlari chiqarilib aholi muammolarini hal qilish choralari koʻrilmoqda.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar ham belgilanib shu asosda jadal ishlar olib borilyapti. Bu hamkorlikning asosiy maqsadi – mahallalarda ijtimoiy muammolarni tezkor va samarali hal qilish, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda jamoatchilikni faollikka chorlashdan iborat. Bunda mahalla yettiligi, Mahalliy kengash deputatlari hamda senatorlar oʻrtasida muntazam muloqot va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi kabi institutsional oʻzgarishlardan soʻng endilikda mahalliy Kengashlar vakillari oʻz hududlarida aholini qiynayotgan muammolar yechimiga bemalol kirishmoqdalar. Bir soʻz bilan aytganda keyingi yillardagi keng koʻlamli islohotlar mahalliy kengash vakillari, yaʼni deputatlarning qoʻllarini yechdi.
Buni ularning amalga oshirayotgan ishlarida ham koʻrishimiz mumkin. Xususan, Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputatlari misolida olib qaraydigan boʻlsak, tuman Kengashi deputati Inobat Xamidova tomonidan Tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga Siyozpoyon MFY hududidan Navroʻz MFY hududiga olib boruvchi avtomobil yoʻli bir necha yillardan buyon taʼmirlanmasdan kelayotgani bayon qilinib ushbu yoʻlni asfaltlashtirish yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborilgan. Mazkur soʻrov natijasi oʻlaroq ushbu avtomobil yoʻli asfaltlashtirildi.
Yoki tuman Kengashi deputati Shomurod Boʻronov tomonidan tumandagi suv taʼminoti boʻyicha muammoli mahallalar aniqlanib, ulardagi taʼmirtalab ariq va kanallar yuzasidan tegishli tashkilotlarga soʻrov chiqarildi. Deputat soʻroviga javoban tegishli tashkilot rahbarlar muammolarni joyiga chiqib oʻrgandi. Oʻrganish natijasida ariq va kanallar atrofi tozalanib Nurafshon mahallasi hududidan oʻtuvchi Choʻkati arigʻi va Choloki mahalla hududidan oʻtuvchi Oʻrta xonobod kanali betonlashtirildi.
Shuningdek, tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan “Kogon“ MFY da 15-sonli madaniyat markazi qisqa muddat ichida qayta mukammal taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Homiylik mablagʻi asosida qayta taʼmirdan chiqarilib, zarur inventarlar, qattiq va yumshoq mebel bilan jihozlangan madaniyat markazi bugun 100 nafar yosh avlod vakillarini toʻgaraklarga qamrab olish imkoniga ega boʻldi.
Bunday xayrli ishlarni yana koʻplab keltirish mumkin. Deputatlar faolligi va mahalla yettiligi bilan bahamjihat amalga oshiriladigan bu kabi tadbirlar hamda loyihalar mahalliy darajadagi muammolarni tezkor va samarali hal etishda qoʻl kelmoqda.
Shohijahon Ashurov,
Xalq deputatlari Kogon tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring