Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari va hokimlar uchun oʻquv seminarlari yakunlanmoqda
Oliy Majlis Senatida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun oʻquv seminarlari yakunlanmoqda.
29–31-yanvar kunlari mazkur oʻquvlarda qatnashayotgan toʻrtinchi guruh tinglovchilari Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarining mahalliy boshqaruv organlari rahbarlaridan tashkil topdi.
Ushbu seminarlar mahalliy darajada boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yangi yondashuvlarni joriy etish, Kengashlar faoliyatining natijadorligini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etishda tizimli rejalashtirish va tahlilga tayangan ish uslublarini shakllantirishga qaratilgan.
Mashgʻulotlar jarayonida tinglovchilar hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish, mahalliy byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligi va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq masalalar, shuningdek, bu borada oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlmoqda.
Shuningdek, Kengashlarda deputatlik soʻrovlari bilan ishlash, ijro intizomiga rioya qilish, mahalliy hokimiyat ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻquv seminarlari doirasida raqamli tahlil vositalari orqali muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini tizimli oʻrganish, maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish hamda natijadorlikni baholash koʻnikmalari ham mustahkamlanmoqda.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tinglovchilarga murojaat qilib, mahalliy rahbarlarning faoliyatida tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlik va aholi bilan doimiy muloqot muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shuningdek, har bir qabul qilinayotgan qaror joylarda ijobiy oʻzgarishlarga olib kelishi, deputatlar va hokimlar oʻz faoliyatida qonuniylik, adolat va ochiqlik tamoyillariga qatʼiy amal qilishi zarurligi qayd etildi.
Seminarlar yakunida ishtirokchilar joylardagi muammolarni aniqlash, ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish, aholi bilan ishlashda samarali mexanizmlarni qoʻllash hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring