“Xabbl” kuchlimi Hasanmi?(Fotosayohat)
Shabbodani suratga olib boʻladimi?
Yoxud kuzni bahorga aylantirgan tasvirni koʻrganmisiz?
Eshitganmisiz, shoshqin soyning fotodagi sharqirogʻini?
Adirlarda yelayotgan tulporlarning dupur-dupurini-chi?
Yana qizgʻaldoqlar qurshovidagi yolgʻiz chuchmomoning Sizga kelinchakdek “ Kelin salom” qilib turgan rasmiga nigohingiz tushganmi?
Birgina kadrga jonajon Oʻzbekistonning bor maftunkor jamoli jo boʻlganini-chi!?
Oʻzi olgan foto asosida musavvir yaratgan tasviriy sanʼatning durdona asarini tomosha qilish asnosida “O, ofarin! Ammo bu manzarani qaydadir koʻrganman” deya hayratlangan fotorassom ham borligini bilasizmi?

Bilasiz. U har qanday suratiga poetika ruhini singdira oladigan, oʻzi istagan suratni olish uchun balandligu chuqurlikni pisand qilmaydigan, kun tugul tun nafosatini ham kadrga sanʼatkorona muhrlay oladigan ijodkor- Hasan Paydoyev, Hasan Paydodir.
Ehtimol, oʻzingiz ham quyida eʼlon qilinayotgan iyul osmonidagi Oy “portret”larini koʻrib, Qahraton, Yomgʻirlar, Xotirjamlik, Izobella “dengiz”lari, Boʻron “okeani”ni, tubsiz kraterlarning qanchalar yaqqol namoyon boʻlganidan, chehrasidagi tolbarg taqqan qizaloqdek malohatidan hayratlangach, tasannolar aytarsiz.

Balki, uzoq fazo kengliklaridan rasmlar joʻnatayotgan eng kuchli teleskop bilan fotojurnalist imkoniyatini taqqoslarsiz ham.

Va ehtimol, fotosanʼatkor va fotoshoir Hasan Paydoyevning mahoratiga eʼtirof sifatida koʻnglingizdan ushbu gap oʻtar: “XABBL” KUCHLIMI, HASANMI?”!
Ahmadali SHERNAZAROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring