Kelin-kuyovning bir umr yodidan chiqmaydigan voqea boʻldi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” Namangan viloyatida ham koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosida uyushtirilgan tadbirda 800 ga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ayni jarayonda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, DXMlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar, Namangan viloyati yuridik texnikumining taʼlim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan namunalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng soʻnggi qoʻllanmalar namoyish etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida nogironligi bor oʻgʻil-qizlar oʻrtasida “Rasmlar tanlovi” ham tashkil etildi. Unda bolajonlar Adliya sohasiga doir rasmlar chizib, mahoratlarini koʻrsatdilar. Shu kuni Adliya faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan tashkil etilgan burchak koʻpchilik eʼtiborini tortdi.

— Namangan yuridik texnikumi oʻquvchilari tomonidan oʻtkazilgan viktorina, ayniqsa, qiziqarli boʻldi, — deydi viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi Foziljon Joʻraboyev. — Boʻlajak huquqshunoslar dolzarb savollarga zukkolik bilan javob qaytarib, kasbiy bilimlarni puxta egallayotganliklarini koʻrsatdilar. Namangan shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi xodimlari tomonidan ikki yoshning nikohini koʻpchilik ishtirokida rasmiylashtirilishi esa kelin-kuyov uchun bir umr yoddan chiqmaydigan tantanaga aylandi.
Kechga qadar davom etgan tadbir soʻngida “Ochiq eshiklar kuni”da faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlar, shuningdek rasmlar tanlovi gʻoliblari, viktorina savollariga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring