Keldiyorova yoʻq, Yusupov bor: Dzyudoning jamoaviy bahslarida Kanadaga qarshi kimlar tatamiga koʻtarilishi aniq boʻldi (+turnir setkasi)
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Dzyudochilarimiz bugun aralash jamoaviy dasturda oʻz ishtiroklarini boshlashadi.
Qurʼaga koʻra, hamyurtlarimiz 1/8 finalda Kanadaga qarshi bahs olib borishadi. Bellashuv uchun jamoalarning tarkibi bilan tanishing:
-57 kg: Shukurjon Aminova – Krista Deguchi
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev – Artur Marjelidon
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Katerin Boshnen-Pinar
-90 kg: Davlat Bobonov – Fransua Gote-Drapo
+70 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Lora Isasi
+90 kg: Alisher Yusupov – Shadi El Nahas
Qayd etish kerakki, dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlib, Olimpiadalardagi eng yaxshi natijamizni qayd etishdi.

Eslatib oʻtamiz, Diyora Keldiyorova oltin, Muzaffarbek Toʻraboyev va Alisher Yusupovlar bronza medaliga ega chiqishgandi.
«Xalq soʻzi» dzyudochilarimizga aralash jamoaviy bahslarda ham omad tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring