“Katta yettilik” Ukrainani qancha kerak boʻlsa, shuncha qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi

Foto: Ukraina prezidenti devoni
“Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukrainaning “tinchlik formulasi”ni zaruratga qadar qoʻllab-quvvatlashda davom etadilar. Bu haqda tashkilotning onlayn sammiti yakunlari boʻyicha berilgan bayonotda qayd etilgan.
“Biz Ukrainani, Prezident Vladimir Zelenskiyning tinchlik formulasini yanada ilgari surishda qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz va BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qoʻllab-quvvatlash majburiyatini olamiz”, deyiladi hujjatda.
“Katta yettilik” yetakchilari, shuningdek, Ukraina xalqi kerak boʻlganda, yettilik guruhining yordamiga ishonishi mumkinligini taʼkidladi.
Bundan oldin Shveysariya tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha bir qancha maxfiy rejalar borligini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, jami oʻnga yaqin tinchlik formulalari ishlab chiqilgan, boʻlsada Gʻarbda Zelenskiy formulasi asosiy hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring