Katta yettilik tashqi ishlar vazirlari Italiyada jam boʻlishadi. Ular Gʻazo, Livan va Ukrainadagi vaziyat boʻyicha muhokama qilishi kutilmoqda
Italiyada G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ikki kun davomida Gʻazo, Livan va Ukrainadagi mojarolarni muhokama qilish uchun yigʻilishmoqda. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.
Rim yaqinida boʻlib oʻtayotgan tadbirda, asosan, Yaqin Sharqdagi tinchlik muzokaralarini rivojlantirish hamda Gʻazo va Livandagi otishmalarni toʻxtatish boʻyicha yechimlar qidiriladi. Shuningdek, Ukrainaga yordamni davom ettirish va uning qayta tiklanish rejalari ham kun tartibida boʻladi.
Maʼlum qilinishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va boshqa G7 davlatlari vazirlari, jumladan, Kanada, Germaniya, Fransiya, Britaniya va Yaponiyaning yetakchilari Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining mezbonligida uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda.
Dushanba kuni boʻlib oʻtgan dastlabki sessiyada Gʻazo va Livan muammolari, shuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyat oʻrganiladi. Muzokaralarda Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya, Qatar va BAA vazirlari ham qatnashayotgani maʼlum qilingan.
Seshanba kuni boʻlib oʻtadigan yigʻilishda Ukrainadagi urush ham muhokama qilinadi. Uchrashuvda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ishtirok etib, mamlakatining kelajagi va qayta tiklanish rejalari haqida soʻz yuritadi. Shu kuni Bryusselda NATO mamlakatlari vakillari Rossiyaning gipertovushli raketalar sinovi masalasini koʻrib chiqishi ham aytilmoqda.
Bundan tashqari, G7 yigʻilishida Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi keskinliklar, jumladan, Janubiy Koreya, Hindiston, Indoneziya va Filippin bilan boʻlgan aloqalar ham muhokama qilinadi. Shuningdek, Sudan va Gaiti inqirozlari, Venesueladagi siyosiy vaziyat ham kun tartibidan oʻrin olgan. Bu masalalar boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi rejalashtirilyapti.
Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Isroil Bosh vaziri Netanyaxu Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallant, shuningdek, HAMAS yetakchisi Muhammad Dayfga qarshi chiqarilgan orderlar yigʻilishning muhim mavzularidan biri boʻlishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, ushbu qaror Isroil va uning ittifoqchilari tomonidan qoralangan, biroq Turkiya va huquq tashkilotlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangandi. Ayrim davlatlar ushbu orderlarni bajarishga tayyorligini bildirgan, boshqalari esa oʻz qarorlarini koʻrib chiqmoqda.
Yigʻilishning yakuniy natijalari mintaqaviy muammolarni hal qilishda yangi imkoniyatlar yaratishi va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishi kutilyapti. Ushbu muzokaralar mintaqalararo barqarorlikka erishishda muhim qadam boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring