Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi

Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini tavsiya etdi.
Nomzodning viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.
So‘ng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib chiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha turgan vazifalarni belgilab berdi.
Qosimov 2022 yil dekabr oyidan buyon bu hokim vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun Ulug‘bek Qosimov 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
U Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring