Kasbi tumanida nomaʼlum maxluq qoʻy va parrandalarni boʻgʻizlab ketayotgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi “Qoratepa” MFY hududida nomaʼlum maxluq paydo boʻlib, qoʻy va parrandalarni boʻgʻizlab ketayotgani, 9 ta xonadondagi 30 bosh qoʻy jarohatlangani haqida xabarlar tarqaldi. “Xalq soʻzi” muxbiri vaziyatni oʻrgandi.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida “Qoratepa” MFY raisi Hotam Xolmatov bilan bogʻlandik.
“Kasbida maxluq paydo boʻlibdi, degan fikrlar gʻirt yolgʻon, uydirma, shov-shuv koʻtarish uchun oʻylab topilgan soxta axborotlardir. Aslida mahallamiz hududidagi «Shukrona” koʻchasida istiqomat qiluvchi Shavkat Choriyev xonadonida qoʻyning qoʻzisini daydi itlar talab ketishgan. Qoʻy ham jarohat koʻrgan. Bu haqda Shavkat Choriyevning (Toshkentga ishga ketgan) rafiqasi – Shamsiya Nabiyeva bizga xabar berdi. Biz tezda borib, qoʻyni soʻydik va goʻshtini koʻmib tashladik. Bor-yoʻgʻi shu», dedi Xolmatov.
H. Xolmatovning qoʻshimcha qilishiga koʻra, daydi itlarni yoʻq qilish maqsadida tumandagi veterinariya boʻlimiga xat yuborilgan. Mahallada 3980 nafar aholi yashaydi, 750 xonadon mavjud. Shov-shuvga oʻch blogerlar tomonidan tarqatilgan bu xabarning hech qanday asosga ega emasligi, vahimaga berilmaslik borasida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring