Kasb-hunar maktablarining boʻsh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish sexlari tashkil etiladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Hozirda respublika boʻyicha 57 ta professional taʼlim muassasasida Germaniya tajribasi asosida ish joyida oʻqitishning dual taʼlim shakli yoʻlga qoʻyilgan.
Maktabgacha taʼlim tizimida bu oʻz natijasini bergani taʼkidlandi – pedagogika kolleji oʻquvchilari 2 kun nazariy bilimlarni kollejda oladi, qolgan 4 kun esa bogʻchalarda amaliyot oʻtaydi va ishlab, oylik oladi.
Viloyat hokimlari Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda ushbu ijobiy tajribani kasb-hunar maktablari va texnikumlarda yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Endilikda:
— dual taʼlimni joriy etish uchun kasb-hunar maktablarining boʻsh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish sexlari tashkil etiladi. Bunda, oʻquvchilar ushbu korxonada ishlab, oylik oladi;
— korxonadagi ustozlarga asosiy ish haqidan tashqari, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring