Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar

19:38 10 Avgust 2024 Jamiyat
464 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o‘qib eshittirdi.

Qutlovda so‘nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga aylangani alohida qayd etilgan. Sohaning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 6 foizdan  ko‘proqni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig‘idir. Oxirgi yetti yarim yilda 26 million kvadrat metrlik qariyb 10 mingta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda 52 ta hududda “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. “Yangi Toshkent” va Olimpiya shaharchasi kabi mega ob’yektlarda ham bunyodkorlik ishlari yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Shu bilan birga, soha oldida katta vazifalar turgani ta’kidlandi. Ularni ado etishda katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan ishchi va quruvchi, me’mor va muhandislar, olim va mutaxassislar yanada jonbozlik ko‘rsatib, qurilish sohasi ravnaqini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер