Kasaba uyushmalari tizimida ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yillik yubileyi munosabati bilan kasaba uyushmalari tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan (35 yoshgacha) xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqaning ochilish tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafiqov ishtirok etib, kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi va yurtimizda xotin-qizlar sportiga qaratilgan e’tibor xususida fikr bildirdi.
Viloyat bosqichida shahar va tumanlarda g‘olib chiqqan 16 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakunida:
1-o‘rin – Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashining jamoasi;
2-o‘rin – Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Pastdarg‘om tumani bo‘linmasi kengashining jamoasi;
3-o‘rin – Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasining jamoasi egalladi.
Shuningdek, “G‘alabaga intilish” nominatsiyasi Toyloq va Paxtachi tuman ta’lim sohasi xodimlariga berildi.
G‘olib jamoalar ishtirokchilari kasaba uyushmalari tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun, musobaqaning birinchi bosqichi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmalari, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlari tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Shuningdek, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat bo‘yicha birlashgan qo‘mitasi, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati bo‘yicha birlashgan qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida ham musobaqalar o‘tkazildi.
Jami viloyat bo‘yicha turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 5674 nafar xodimlar musobaqalarda ishtirok etdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring