Karmanada maxsus sanoat parki bunyod etilmoqda

18:18 18 Iyul 2024 Jamiyat
325 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Sanoat parkining umumiy maydoni 40,5 gektarni tashkil qilib, uni boshqarish hamda ishlab chiqarish bino va inshootlarni qurish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi taʼsischiligida Direksiya tashkil etilgan.

Park hududida har birining maydoni 46 ming m2 boʻlgan ikkita ishlab chiqarish binosi (384/120 m) qurilib, infratuzilma bilan taʼminlash davlat tomonidan amalga oshiriladi.

— Dastlabki bosqichda, xorijiy hamkorlar bilan birga maxsus sanoat parkida kimyo, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish sohalarida 251 million dollarlik loyihalar joylashtiriladi, — deydi Karmana tumani hokimi oʻrinbosari Amriddin Akramov. — “Sevara-Cosmetic”ning qiymati 160 mln. dollarlik kosmetika va maishiy kimyo mahsulotlari, “Gazprom-Gazomotornoye toplivo”ning 25 mln. dollarlik avtomobil gaz qurilmalari uchun reduktorlar ishlab chiqarish, “Aleksandr Grad”ning 11 mln. dollarlik qurilish chiqindilarini qayta ishlash, “Kora”ning 24 mln. dollarlik plastikdan mahsulotlar ishlab chiqarish, “PEK”ning 24 mln. dollarlik xalqaro yuk tashish xizmati hamda “Akvadjenika”ning 11 mln. dollarlik ichimlik suvi ishlab chiqarish qurilmalarini ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidan.

“Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” deya ataladigan ushbu maxsus sanoat parkida 820 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер