Karmanada 17 nafar mahkum jazoni oʻtashdan ozod etildi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Tabiatan insongina yaratuvchanlik qudratiga ega. Afsuski botinida qingʻirlik qusurlari ham zohirki, ular ustun kelgan hollarda huquqbuzarlik va jinoyatga qoʻl urib, atrofdagilarga ozor yetkazadi.
Jamiyatning vazifasi esa qonun ustuvorligini taʼminlash bilan birga, mahkumlar qalbida ezgulik chirogʻini yoqib, insonparvarlik va kechirimlilik orqali ularni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir.
Shu jihatdan jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudining “Talqoq” MFYda oʻtkazilgan sayyor sud majlisi fikrimizga yorqin dalil. Unda turli jinoiy qilmishlari uchun sud hukmi bilan ozodligi chegaralanib probatsiya nazoratida turgan 17 nafar fuqaroga nisbatan insonparvarlik tamoyillarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqildi.
— Sud mahkumlarning jazo muddatini oʻtayotgan davrida qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi hamda tuzalish yoʻliga oʻtib, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga toʻliq rioya qilganligi va Karmana tumani IIB boshligʻining ularga nisbatan ijobiy taqdimnomalarini inobatga oldi, — deydi jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tumani sudi raisi Jahongir Karimov. — Shu asosda 17 nafar fuqaro shartli ravishda jazoning oʻtalmay qolgan qismidan ozod qilindi.
Sud majlisida jazoni oʻtash davrida probatsiya nazoratining tartib-qoidalariga rioya etmagan uch nafar mahkumga chora koʻrilib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish va jazoni oʻtashning ogʻirroq turlarini qoʻllash boʻyicha sud hukmi chiqarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring