Karib dengizida “Melissa” dovuli qurbonlari soni 30 nafardan oshdi
“The Independent” nashrining xabar berishicha, “Melissa” tropik boʻroni oqibatida kamida 34 kishi halok boʻlgan.
Gaiti hukumati suv toshqinlari natijasida 25 kishining oʻlimi haqida maʼlum qilgan. Yamaykada sakkiz kishi, Dominikan Respublikasida esa bir kishi halok boʻlgan.
Hozirda dovul ikkinchi toifaga pasaygan boʻlsada, Kuba meteorologiya instituti mamlakatda kuchli yomgʻirlar, shamol va dengiz toʻlqinlari xavfi saqlanib qolayotganini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, 29-oktyabr kechasi “Melissa” Kubaning sharqiy qirgʻoqlariga yetib kelgan edi. Prezident Migel Dias-Kanel maʼlum qilishicha, dovul yaqinlashayotgani sabab mamlakat boʻylab 735 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring