Kamerunning sobiq mudofaa vaziri 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Illyustrativ foto
Kamerunning sobiq mudofaa vaziri Edgar Alen Mebe Ngoo 38 million dollardan ortiq mablagʻni oʻzlashtirgani uchun 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqdagi qaror mamlakatning maxsus jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan 2-fevral, payshanba kuni qabul qilindi.
Manbaga koʻra, sobiq vazirning rafiqasi Bernadett ham qamoq jazosini olgan. U qariyb 8 million dollarni oʻzlashtirganlikda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sud er-xotinning 53 ta bino, 21 ta bank hisob raqami, 39 ta avtomobil va 500 ming dollardan ortiq naqd puldan iborat mulkini hibsga oldi.
Bundan tashqari, Ngooning sheriklari polkovnik Eli Mbutu va sobiq Gʻaznachilik inspektori va Mudofaa vazirligi maslahatchisi Maksim Leonard Mbange davlat pullarini oʻzlashtirishda aybdor deb topildi. Ularning har biri 25 yillik qamoq jazosini oldi.
Tergovda ishtirok etgan yana bir shaxs, SCB banki bosh direktorining sobiq oʻrinbosari Viktor Menye pul yuvishda ishtirok etganlikda aybdor deb topilib, toʻqqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ngoo va uning rafiqasi oʻz ayblarini tan olmagan va ularning advokati hukm ustidan Kamerun Oliy sudiga shikoyat qilishlarini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring