Kamerunda qor yogʻdi. Mamlakat adliya vazirligi xodimi bu holatni laʼnatladi

19:22 10 Sentyabr 2021 Dunyo
1331 0

Arxiv surat

Afrika qitʼasida joylashgan Kamerun davlatining gʻarbiy qismida qor yogʻdi.

Mahalliy "CRTV" teleradiokompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, payshanba kuni Bana va Baku shaharlarida doʻl va, ehtimol, qor qayd etilgan. Yogʻingarchilikning qalinligi taxminan 0,05 millimetrni tashkil etgan.

Bana shahri meri Jan-Batist Sanganing aytishicha, bu hodisa iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq. Qor va doʻl tushganidan soʻng, bir nechta uylarga, qator plantatsiyalarga zarar yetgan, transport harakati toʻxtatib qolgan.

Adliya vaziri delegati Jan de Dye Momo ob-havoning yomonlashgani haqida gapirib, bu qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan laʼnat degan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер