Kamerunda Afrika kubogi oʻyinida yuz bergan tiqilinchda olti kishi halok boʻldi
Foto: AP
Kamerun poytaxti Yaunde shahridagi stadion oldidagi tiqilinchda kamida olti kishi halok boʻlgan. Bu haqda shahar gubernatori Naseri Pol Biyiga tayanib Associated Press xabar bermoqda. Gubernatorga koʻra, halok boʻlganlar soni bundan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Chunki shahardagi kasalxonalardan birining vakili muassasaga 40 nafar jabrlanuvchi olib kelingani, ulardan ayrimlarining ahvoli ogʻirligi bois boshqa shifoxonalarga yoʻnaltirilgani haqida maʼlum qilgan.
Maʼlum qilinishicha, stadionda Kamerun va Komor orollari oʻrtasida futbol boʻyicha Afrika Millatlar kubogi oʻyini boʻlib oʻtgan. Stadioni 60 000 kishiga moʻljallangan boʻlsada, pandemiya tufayli uning bandligi 80 foiz etib belgilangan. Ammo oʻyingohga 50 mingga yaqin odam kirishga uringan.
Kamerun 50 yil ichida birinchi marta Afrika kubogi oʻyiniga mezbonlik qildi. Uning boshlanishidan bir kun oldin Yaunde shahrida yana bir fojia yuz berdi: tungi klublardan biridagi ketma-ket portlashlar va yongʻin natijasida 17 kishi halok boʻlgan. Shundan soʻng Kamerun prezidenti oʻyin vaqtida xavfsizlikni taʼminlashga chaqirgan edi.
Bahsda Kamerun terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va kubokning chorak finaliga yoʻl oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring