Kambodjada madaniy meroslarimiz keng targʻib qilindi
Joriy yilning 7-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Kambodja davlatining poytaxti Pnompen shahridagi Paragon xalqaro universitetida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida “Oʻzbekistonning madaniy merosi va islohotlari” mavzusida targʻibot tadbirlarini oʻtkazdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari B. Oʻtemuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri B. Temirbayev, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik A. Reymovlar ishtirok etdi.

Dastlab ajdodlarimizdan qolgan boy merosimiz, milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi hunarmandlar qoʻllaridan tayyorlangan koʻrgazmalar namoyish etildi.
Shundan soʻng, madaniy tadbirga navbat berilib, unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik A. Reymov soʻzga chiqib, Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasi oʻtkazilishi va bu anjuman butun xalqaro madaniy va ilmiy hamjamiyat uchun ahamiyatli ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, YUNESKO sessiyasi bilim, madaniy anʼanalar almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyat ekanini, ushbu uchrashuv jahon madaniy merosini asrab-avaylash va targʻib etishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.

Tadbir doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi tomonidan milliy qoʻshiqlar, raqslar ijro etilib, yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi. Shuningdek, u yerda milliy taomlarimizdan tayyorlangan koʻrgazma tashkil etildi. Paragon xalqaro universiteti vakillari va talabalari milliy taomlarimiz bilan tanishib, ularning ajoyib taʼmini tatib koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu koʻrgazma mehmonlarda katta qiziqish uygʻotib, xalqimizning milliy qadriyatlari va mehmondoʻstligini namoyon etdi.

Ushbu tadbir ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash bilan birga, xalqimizning boy tarixi va anʼanalarini keng targʻib etishga xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, ushbu tadbirlar mamlakatimiz taraqqiyotining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishda oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring