“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi — amalda
Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida biriktirilgan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xususan, o‘rganishlar davomida tumanning "Do‘stlik-1" mahallasiga borilib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi tomorqalariga sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa serdaromad ekinlarni ekilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, aholi xonadonlariga parranda, qo‘y-echki va qoramol yetkazib berish, mahallalarni ariq va zovurlarini tozalash bo‘yicha ommaviy hashar va madaniy tadbirlar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekilishini tashkil etish, motokultivatorlardan foydalangan holda aholi tomorqalarini ekin ekishga tayyorlash ishlari bilan tanishilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Kambag‘al oilalarning har biriga kirilib, og‘ir kasalligi va nogironligi bo‘lgan a’zolarini davolanishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishiga ko‘maklashildi, ularga saxovat va ko‘mak jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dori-darmonlar olishi va davolanishlari uchun moddiy yordam ajratilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar bilan tanishildi va dastur doirasida “Do‘stlik-1”, “O‘jakent”, “Gul” va boshqa mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orilishini yaxshilash bo‘yicha sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, nasos agregatlarini o‘rnatish ishlari o‘rganilib, mas’ullarga ushbu obyektlarni belgilangan muddatlarda va sifatli qilib foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring