Kambagʻal oilalarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar ajratiladi
Prezidentning “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlumot berdi.
Unga koʻra, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar ajratiladi.
Jumladan, oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarni yoki kambagʻal oilalar aʼzolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3-yilgacha muddatga foizsiz ssudalar berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, kambagʻal oila aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3-yilgacha muddatga foizsiz ssudalar beriladi.
Bundan tashqari, kambagʻal oilalarga dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil qilish uchun dehqon xoʻjaliklariga suv quduqlarini burgʻilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 200 baravarigacha miqdordagi 5-yilgacha muddatga foizsiz ssudalar ajratilishi belgilangan.
“Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻz tajribasini 10 tagacha kambagʻal oilalarga oʻrgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashgan tadbirkorlarga har bir kambagʻal oila uchun BHMning 3 baravari, biroq BHMning 30 baravarigacha miqdordagi grantlar ajratiladi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring