“JOYDA” mobil ilovasi orqali 34 kishini 769,7 mln soʻmga chuv tushirgan firibgar aniqlandi

12:12 02 Iyul 2021 Jamiyat
934 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. “R.L.» va “O.N.» MCHJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 34 nafar fuqarolarni goʻyoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirib, ularning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali “JOYDA” mobil ilovasi yordamida 897 mln soʻm “onlayn” kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, olingan kreditning 769,7 mln soʻmini qaytarmasdan, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?