Yoʻlovchilardan naqd pul talab qilgan avtobus haydovchisi ishdan boʻshatildi

“Telegram” ijtimoiy tarmogʻiga 13-mart kuni joylangan postga koʻra, Toshkent shahridagi 72-sonli yoʻnalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi hamda sohaga begona boʻlgan fuqaro tomonidan yoʻlovchilardan yoʻl haqi uchun naqd pul talab qilingani bilan bogʻliq holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, ikki fuqaro shu kuni kech soat 19:50larda yoʻnalishda harakatlanish davomida avtobus salonining chiroqlarini oʻchirgan holda yoʻlovchilardan yoʻl haqi uchun naqd pul talab qilgan.
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yil 14-mart kuni, “2-Avtobus saroyi” filiali masʼul xodimlari tomonidan avtobus saloniga oʻrnatilgan videokuzatuv moslamalari tekshirilganda yuqorida keltirilgan holat haqiqatda sodir boʻlganligi aniqlandi.
Shu kuni avtobus saroyi xodimlari hamda masʼullari ishtirokida tezkor tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, haydovchi korxona ichki tartib intizomini oʻta qoʻpol ravishda buzganligi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring