“Yoʻldagi noqonuniy toʻsiqlar, davlat organlari ustidan sudga shikoyat va mahkumlarning video-uchrashuv huquqi”: 17-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilingan muhim masalalar nimalardan iborat?
Bugun, 17-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash, “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi va mahkumlarga video-uchrashuv huquqi berish kabi masalalar muhokama qilindi.
Quyida koʻrib chiqilgan qonun loyihalarining qisqacha mazmuni bilan tanishishingiz mumkin.
Mahkumlarga video-uchrashuv huquqi
Parlament Quyi palatasi deputatlari bugungi majlisda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofaviy video-uchrashuvga boʻlgan huquqini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jaza muddatini oʻtayotgan mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berish orqali oʻz yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Bunda masofaviy video-uchrashuv soni jazoni oʻtash tartibotiga qarab belgilanadi.
“Sudlar toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi
Qonun loyihasi bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining normalari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi qonunda Sudyalar oliy kengashi tarkibi, xususan, Kengash raisi, rais oʻrinbosari, uning aʼzolari va kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi, shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Sudyalar oliy kengashining raisi yoki rais oʻrinbosari etib saylanishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilmoqda.
Shuningdek, shaxslarning nafaqat davlat organlari, balki boshqa tashkilotlarning ham qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi mustahkamlanmoqda. Aybsizlik prezumpsiyasi va “Habeas korpus” institutini yanada qaror toptirishga oid qoidalar aks etmoqda.
Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi
Majlisda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Ushbu qonun loyihasi bilan trotuarlar, piyoda va velosiped yoʻlkalari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizishning (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlarni va boshqa qurilmalarni oʻrnatish holatlariga chek qoʻyish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring