Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasi raqamlashtiriladi
“Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (11-son, 20.01.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlumot berdi.
Qarorga koʻra, Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimi “Maʼmuriy amaliyot” moduli masʼul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
2026-yil 1-fevraldan:
- umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, konlar, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus transportlar, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;
- ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan transportlardan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat roʻyxatidan chiqariladi.
Avtomototransport roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada mulkdorning manzilini koʻrsatish talabi bekor qilinadi.
Avtomototransportni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yoʻlga qoʻyiladi:
- avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi;
- “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
- davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransportlarga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar;
- avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring