“Jinoyat omillari” moduli yaratiladi
Иллюстратив фото
“Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 15.01.2024-y.) qabul qilindi.
Quyidagilar respublikamizda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi, xususan:
— jinoyatchilik, shu jumladan latent jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
— jinoyatning asl omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlari tizimini belgilash, kriminologik faoliyatga sunʼiy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etib borish.
Institut kriminologiya sohasi boʻyicha tayanch ilmiy tashkilot hisoblanadi hamda kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy taʼminlash ishlarini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi.
Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar bilan jamlanadi.
Institutga ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega mutaxassislarni 1-yilgacha muddatga jalb etish va mehnat bozori konyunkturasini inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi beriladi.
2024-yil 1-iyulgacha ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Jinoyat omillari” moduli yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring