Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini — 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “World Series Pro” xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.

“World Series Pro” xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash olib boradi. Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 170 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, Al Hakim at-Termiziy xalqaro turniri 18-oktyabr kuni oʻtkaziladi. Uning umumiy sovrin jamgʻarmasi 130 ming AQSH dollari etib belgilangan. Mazkur yoʻnalishda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan kurashchi Prezident sovrini — 20 ming AQSH dollariga ega chiqadi.
Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahridagi “Alpomish” oʻyingohida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring