Yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish joriy qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.
Transport vazirligiga yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, 1 mingta avtobus olib kelish rejasini toʻliq bajarib, hududlarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Jamoat transportida elektron toʻlov tizimini toʻliq joriy qilib, uni ommalashtirish Transport vazirligining ustuvor vazifalaridan biri boʻladi.
Prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Taʼkidlanganidek, oʻtgan olti oyda iqtisodiyotga 15,5 milliard dollar xorijiy, shundan 14 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritildi. Oʻsish — 2,1 barobar.
Biroq, har bir dollar investitsiya hisobiga yaratilgan qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichi barcha tarmoq va hududlarda ham qoniqarli emas.
Bu toʻqimachilik, charm, farmatsevtika tarmoqlarida, Sirdaryo va Buxoroda 2 dollarga, Toshkent shahri, Surxondaryo, Jizzaxda esa 2,5 dollarga yetmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Yoki, har 1 ming dollar xorijiy investitsiya soliq tushumini oʻrtacha 600 dollarga oshirgan boʻlsa, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda bu 300 dollardan kam.
Mutasaddilarga investitsiya loyihalari dasturini shakllantirishda ularni puxta tahlil qilish, qoʻshilgan qiymatni karrasiga oshiradiganlarini kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring