Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 900 dan ortiq kishi shilqimlik qilgani uchun jazolandi

12:19 05 Avgust 2025 Jamiyat
230 0

Foto: Arxiv surat

2025-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda 986 nafar fuqaro shahvoniy shilqimlik qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.

Uning aytishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) boʻyicha ushbu shaxslar sudlangan. Ularning 358 nafariga jarima jazosi, 628 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

Mazkur raqamlar mamlakatda shahvoniy shilqimlik holatlari boʻyicha nazorat kuchaytirilayotganini koʻrsatmoqda. Rasmiylarga koʻra, bunday huquqbuzarliklarga nisbatan “murosasiz kurash” davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?