Yigʻilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi taʼkidlandi
Foto: president.uz
Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpogʻistonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni oʻzlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Bu yerlar Vyetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.
Shuningdek, Oltinsoy, Shoʻrchi, Konimex, Nurota, Muborak, Gʻuzor, Kattaqoʻrgʻon, Nurobod, Forish, Tuproqqalʼa tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring