“Jazeera Airways” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslarni amalga oshiradi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Kuvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ravindran Bxaratxan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi. Maʼlumot uchun: “Jazeera Airways” Kuvaytning eng yirik aviakompaniyalaridan biri boʻlib, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning 40 ga yaqin mamlakatiga muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda eng yangi A320 samolyotlar parkiga ega.
Muzokaralar davomida Kuvaytdan Oʻzbekistonning shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslarni yoʻlga qoʻyish, mamlakatimizga kuvaytlik sayyohlar oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Kuvayt tomonga Oʻzbekistonning turistik salohiyati, turizm sohasidagi islohotlar, fuqarolik aviatashuvlari bozorini liberallashtirishga oid chora-tadbirlar, hududiy aeroportlarda “ochiq osmon rejimi”ning joriy qilinishi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, respublikamizda jahon xavfsizlik standartlariga javob beruvchi va tibbiyot sohasidagi soʻnggi yutuqlarga muvofiq sayyohlar uchun yaratilgan yangi “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitar-epidemiologik xavfsizlik tizimiga eʼtibor qaratildi. Kuvayt delegatsiyasi vakillari 2021-yilning mart oyidan “Kuvayt - Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviareys ochilishiga, kelgusida esa Oʻzbekistonning boshqa turistik markazlariga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbariyati mehmonlarni “Jazeera Airways«ning Oʻzbekistonga parvozlar geografiyasini kengaytirishga doir tashabbuslarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashga hamda tez orada aviareyslarni yoʻlga qoʻyishga ruxsat olishga koʻmak berishga ishontirdi.
Uchrashuvlar yakuniga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonning turistik salohiyatini Kuvaytda targʻib qilish, ushbu arab davlatida mamlakatimizning tanilishi va sayyohlar oqimini oshirishga yoʻnaltirilgan promo-tadbirlar va info-turlarni birgalikda oʻtkazishga kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring