Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi texnik nosozlik ekanligi aytilmoqda

02:36 04 Noyabr 2021 Jamiyat
1268 0

“Oʻzkomnazorat” Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, “Oʻzbektelekom” AK uskunasida qisqa muddatli texnik nosozlik yuzaga kelishi munosabati bilan koʻrsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatining yomonlashishi va uzilishlar kuzatildi.

“Yuqoridagi tarmoqlar faoliyatiga hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaganini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Lekin, oldinroq bugun bloklangan qator ijtimoiy tarmoqlarning nomi shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri roʻyxatida edi.

Xabarda aytilishicha, ushbu tarmoqlardagi uzilishlar texnik uskunalardagi nosozliklar sababli yuzaga kelgan. Hozirda barcha texnik uskunalar nosozliklari bartaraf etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?